
Cheran Sergeev va Krasnitskiyni ortda qoldirdi
"Paxtakor"ning serbiyalik futbolchisi "sherlar" safida rekordlarni yangilashda davom etmoqda.
Endi Cheran "Paxtakor" safida yuqori ligalarda eng ko‘p gol urgan futbolchi nomini afsonaviy Gennadiy Krasnitskiydan tortib oldi. Krasnitskiy jamoa tarkibida yuqori ligalarda 102 gol muallifi bo‘lgandi. Cheran esa "Bunyodkor" darvozasini ishg‘ol qilib, gollari sonini 103 taga etkazdi. Shuningdek, u Superligada shu paytgacha rekordchi bo‘lib kelgan Igor Sergeevdan ham o‘zib ketdi. Sergeev hisobida 101 gol mavjud.
Chempionatlarda umumiy gol urish borasida (yuqori va quyi ligalar) Gennadiy Krasnitskiy 142 gol bilan rekordchi bo‘lib turibdi.
Fikrlar