Chessable Masters pley-off birinchi kun yakunlari bilan tanishing!

  • 19 fevral, 14:18
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

2025 yilgi Chessable Masters pley-off bosqichining birinchi kuni yakunlandi. G‘oliblar guruhida Magnus Karlsen, Arjun Erigaisi, Hikaru Nakamura va Alireza Firuzja keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Firuzja va Fabiano Karuana o‘rtasidagi uchrashuv turnirning eng qizg‘in bahslaridan biri bo‘ldi. Alireza 1 yurishda motni o‘tkazib yuborganidan so‘ng, Karuanani taslim etib keyingi bosqichga chiqdi. Uesli So, Praggnanandhaa Rameshbabu, Aleksandr Grischuk va Sem Sevyan musobaqani tark etdi.  

Mag‘lublar guruhida Karuana, Andrey Esipenko, Vladislav Artemiev, Ian Nepomniachtchi, Vey Yi, Yan-Kriztof Duda, Yu Yangyi va Anish Giri so‘nggi imkoniyatlarini saqlab qolishdi.  

G‘oliblar guruhidagi o‘yinlar to‘rt partiyadan, mag‘lublar guruhidagi o‘yinlar ikki partiyadan iborat bo‘ladi. Zarurat tug‘ilganda armageddon tay-breki o‘tkaziladi.Turnir natijalari nafaqat pul mukofotlari, balki 2025-yil Esports Jahon Kubogiga yo‘llanma beruvchi CCT ochkolariga ham ta’sir qiladi.

Eslatib o‘tamiz, pley-offlarning ikkinchi kuni bugun 21:15 da boshlanadi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!