
Chiroyli g‘alabadan so‘ng Berdiev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 5-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Al-Sadd" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda qarshiliklar 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
O‘yindan so‘n Ro‘ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi. Quyida "ajdarlar" murabbiyining fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
- Hammaga xayrli kech. Bugungi g‘alabaning asosiy omili o‘yinni yaxshi tashkil qilganimiz bo‘ldi. Shuningdek, raqibning kuchli taraflarini yopishga futbolchilarimiz intilishdi. Ikkinchi bo‘limda xujumda ham omadimiz keldi.
Bizning bu turnirda maqsadlarimiz jiddiy edi. O‘z maqsadimizdan qaytmaymiz va keyingi o‘yinda ham yaxshi harakat qilib, guruhdan chiqish uchun oxirigacha harakat qilamiz.
Jamoangiz so‘nggi ikki o‘yinda gol ura olmagandi. Bugungi 3 ta goldan keyin o‘zingizni qanday his qilyapsiz?
O‘tgan kungi matbuot anjumanida ham shu savolni bergandingiz. O‘shanda aytganimdek, faqat hujumchilar emas, boshqa futbolchilar ham oldinga o‘tib turishi kerak. Bugun bu o‘zini oqladi. Umid qilamanki, ushbu g‘alabadan keyin hujumchilarimdagi ruhiy holat ham barqarorlashadi.
Fikrlar