ChLda turli klublar bilan chempion bo‘lgan Mourino o‘z antirekordini o‘rnatdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropa Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichida "Tottenxem" o‘z maydonida Germaniyaning RB "Leyptsig" (0:1) klubiga imkoniyatni boy berdi.

Londonliklar ustozi Joze Mourino ChLning pley-off bosqichida 2014 yildan buyon g‘alaba qozonolmayapti.

Portugaliyalik mutaxassis pley-off bosqichidagi so‘nggi 7 ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan. Shunnda, 4 tasi "Chelsi" klubida, 2 tasi MYuda va yana bittasi "shporlar"da amalga oshdi.

Eslatib o‘tamiz, Mourino Chempionlar ligasining pley-off o‘yinlarida oxirgi marta 2014 yilning aprelida zafar quchgan. O‘shanda, uning "Chelsi"si PSJ (2:0) ni mag‘lub etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!