Cirdariyoda taekvondo (ITF) bo‘yicha ochiq turnir o‘tkazildi

Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmumasida taekvondoning ITF yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Respublika ochiq turniri bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa nizomiga ko‘ra, dayanga faqat rangli belbog‘ sohiblarigina tushish imkoniga ega bo‘lgan ushbu nufuzli musobaqada jami 430 nafar sportchi katnashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, mazkur musobaqada terma jamoa murabbiylari 24-31 avgust kunlari Bolgariyada tashkil etiladigan navbatdagi jahon chempionatida yurtimiz sha’nini munosib himoya qila oladigan taekvondochilarni saralab olishdi.

Umumjamoa hisobida kuchli to‘rtlik quyidagicha ko‘rinish oldi:

1-o‘rin – Toshkent viloyati

2-o‘rin – Toshkent shahri

3-o‘rin – Qashqadaryo viloyati

4-o‘rin – Sirdaryo viloyati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!