Coca Cola Superliga. 8-turning ikki o‘yini Toshkentga ko‘chirildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

6 iyul kuni Coca Cola Superligasida 8-tur uchrashuvlari start oladi. Taqvim bo‘yicha ushbu tur doirasidagi “Surxon” – “Lokomotiv” o‘yini Termizda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo, hozirda Termiz shahri Respublika maxsus komissiyasi tomonidan xavfsizlik darajasi bo‘yicha ajratilgan hududlar toifasiga ko‘ra “qizil”, ya’ni xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan hududga kirgani uchun, uchrashuv ikki tomonning roziligiga ko‘ra Toshkent shahriga ko‘chirildi. Jamoalarning ikkinchi davradagi bahsiga esa “Surxon” sport majmuasi mezbonlik qiladi.

Shuningdek, mazkur turdan o‘rin olgan “Mash’al” – “Paxtakor” bellashuvi ham aynan ushbu sabab tufayli Muborakda emas, Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
03/07/2020 18:09
Тошкент узи карона вироси йукм
Расулжон Тоштемиров
03/07/2020 18:07
Лол коласанда ажабо Бухорони Машалда уйнасаю Машал Сохтакорда уйнаса кандай бахона топар эканаааа
Nurillo Yusupov
03/07/2020 17:42
Nimaga bunchalik xafa boolasilar. Yaxshiku karantinda safarda bolsa hozir muhlislarsiz bolsa oyin. Qaydanga javob oyini karantindan keyin uyda boladi. Bemalol stadionga tushib kirasizlar. Manga qolsa Navbahor 1-davrani safarda oynasa faqat. Keyin 2-davrani uyda oynasa faqat. Ham muhlislar biladi, ham kereli paytda uyda oynaydi.
Кахрамонжон Сафаров
03/07/2020 15:31
Нима килиб булса хам шу пахтакор ва локомотивни куллайверинглар кейинрокга хам бахона тайёр булса керак эх тошкентликлар уйинларни зурини уйлаб топасизлар
Ibrohim Kuziev
04/07/2020 10:02
Bohona bu
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
03/07/2020 14:58
Muborakka bulmasa Buhoro klubi ham. uynamaslegi kerakki. Buhoro uynayaptiki.