
Coca-Cola Superliga. Bugun amaldagi chempion Bekobodga, autsayder esa Toshkentga boradi
Xabaringiz bor ayni kunlarda Coca-Cola Superliganing 8-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun esa tur doirasidan o‘rin olgan yana 3ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Dastlab soat 17:15da “Bunyodkor” va "Qo‘qon-1912" jamoalari bahsi boshlanadi. Keyin esa soat 17:30dan boshlab Termizdagi stadionda “Surxon hamda “Buxoro” jamoalari uchrashuvi start oladi. Kunning so‘nggi o‘yini 19:40da boshlanadi. Unda "Metallurg" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni qabul qiladi.
Ma’lumot uchun, “Bunyodkor” ayni damda 10 ochko bilan 7-o‘rinda, "Qo‘qon-1912" 6 ochko bilan 14-o‘rinda, “Surxon” 9 ochko bilan 8-o‘rinda, “Buxoro” 6 ochko bilan 13-o‘rinda, “Metallurg” 10 ochko bilan 6-o‘rinda va “Lokomotiv” 16 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar