Coca Cola Superliga o‘yinlari markazlashgan holatda o‘tmaydi
Xabaringiz bor, 10 iyul sanasidan mamlakatimizda karantin choralari kuchaytirildi. Shu bois, O‘zPFL Coca Cola Superliganing 10-, 11- va12-tur uchrashuvlarini markazlashgan holda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o‘tkazish rejasini ishlab chiqishni boshlagani haqida tashkilot bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev xabar berib o‘tgan edi.
Biroq, Superliga klublarining 6 tasi musobaqani markazlashgan holatda o‘tkazishga qarshi ovoz bergani ma’lum bo‘ldi.
“O‘zPFL bu masalani vaqtinchalik kun tartibidan chiqardi. Umid qilamizki, respublikada vaziyat yaxshilanadi va O‘zPFL yana markazlashgan musobaqa masalasiga qaytishga majbur bo‘lmaydi”, – deyiladi PFL rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda.

Fikrlar