Coca Cola Superligasi 7-tur ramziy jamoasi. Termada 7 klubdan futbolchilar bor (Foto)
1 – 2 iyul kunlari Coca Cola Superligasida 7-tur o‘yinlari o‘tkazildi.
SPORTS.uz sayti bellashuvlarda o‘zini ko‘rsatgan futbolchilardan iborat tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.
Bu galgi termamizdan 7 ta klubdan futbolchilar tanlab olindi.
Darvozabon: Suhrob Sultonov (AGMK)
Himoyachilar: Murod Xolmuhammedov (“Qo‘qon-1912”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Igor Golban (“Navbahor”), Stanislav Andreev (“Metallurg”)
Yarim himoyachilar: Javohir Alijonov (“Lokomotiv”), Ivan Solovyov (“Navbahor”), Erkin Baydullaev (AGMK), Marko Stanoevich (“Nasaf”)
Hujumchilar: Shahzod Ubaydullaev (“Metallurg”), Dragan Cheran (“Paxtakor”)


Fikrlar