
Dahshat! Endi Ruiz Entoni Joshuani nokautga uchratdi (video)
Unda britaniyalik Entoni Joshua (22-1, 21KO) amerikalik Endi Ruisga qarshi ringga ko‘tarildi. Jangning dastlabki ikki raundi sokinlik bilan o‘tdi. Ammo uchinchi uch daqiqalikda har ikkala bokschi nokdaun holatiga tushib qoldi. Bu borada referi britaniyalikka ikki bor hisob ochishga majbur bo‘ldi.
Joshua o‘ziga kelayotgandek taassurot uyg‘otdi, ammo Ruis ettinchr raundda yana ikki bor raqibini nokdaun holatiga tushirdi va referi jangni to‘xtatishga qaror qildi.
Shu tariqa, aslida doping bilan qo‘lga tushgan Jarel Millerning o‘rniga raqib bo‘lgan Ruis WBA, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi bo‘ldi.
Fikrlar