
Dahshat! Ronaldu gol urishda hech kim erishmagan natijani qayd etdi
Millatlar ligasi birinchi tur uchrashuvida Portugaliya terma jamoasi Xorvatiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Ushbu bahsda raqib darvozasini ishg‘ol qilgan Krishtianu Ronaldu professional faoliyatidagi rasmiy uchrashuvlarda 900-golini urdi. Ronaldu bu natijaga erishgan birinchi futbolchi sifatida tarixga o‘z nomini yozdirib qo‘ydi.
Krishtianu faoliyati davomida “Portu”da beshta, “Manchester Yunayted”da 145 ta, “Real”da 450 ta, “Yuventus”da 101 ta, “An-Nasr”da 68 ta va Portugaliya terma jamoasida 131 ta to‘p kiritgan.
Portugaliyalik yulduz jahon futboli, terma jamoa, Evropa chempionatlari, Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatlarinin eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.
Fikrlar