
Dalich: "Bugun dunyoning kuchli terma jamoalaridan biri tarixdagi eng buyuk futbolchilardan biriga qarshi o‘ynaydi
Xorvatiya bosh murabbiyi Zlatko Dalich Argentinaga qarshi o‘yindan oldin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz dunyoning kuchli to‘rtta terma jamoasi orasidan joy oldik va bu Xorvatiya uchun katta muvaffaqiyat. Ammo biz ko‘proq narsani xohlaymiz.
Bugun Lionel Messi va uning jangga tayyor, tajovuzkor sheriklariga qarshi o‘ynaymiz. Ular ko‘proq bosim ostida, ularga qarshi qanday harakat qilishni bilamiz.
Men optimistman va xarakter ko‘rsatgan futbolchilarimga ishonaman. Biz ularga moslashmaymiz, shunchaki o‘z o‘yinimizni ko‘rsatamiz.
Braziliyaga qarshi bahsda bo‘lganidek, jamoaviy to‘p tepsak, shuning o‘zi g‘alabimizga etarli bo‘ladi. Bugun dunyoning kuchli terma jamoalaridan biri tarixdagi eng buyuk futbolchilardan biriga qarshi o‘ynaydi", - dedi 56 yoshli mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, 13 dekabr tungi soat 00:00 da amaldagi jahon chempionati kumush medal sohiblari Xorvatiya Messi va uning jamoasiga qarshi maydonda kuch sinashadi.
Fikrlar