
Dana Uayt Charlz Oliveyrani ajoyib mukofot bilan taqdirladi
UFC ning sobiq chempioni Charlz Oliveyra xayriya ishlariga qo‘shgan hissasi uchun Dana Uaytdan "Forrest Griffin Community Award 2025" mukofotini qabul qilib oldi.
"Charlz nafaqat ajoyib sportchi, balki o‘z jamoasiga xizmat qilishdan zavqlanadigan yaxshi namuna hamdir. Oliveyra San-Pauludagi yoshlarga o‘z sport zalida bepul ta’lim va jiu-jitsudan saboq bermoqda. Unga bunday mukofotni topshirish men uchun sharaf" - dedi UFC prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, bu mukofotning 2024 yildagi egasi Beneil Dariush edi.
Fikrlar