Dana Uayt: "Men uni yaxshi ko‘raman va uni juda hurmat qilaman”

  • 20 fevral, 2024, 16:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

UFC rahbari Dana Uaytning aytishicha, ular “UFC 300”da Leon Edvards va uch xil raqib o‘rtasida jang tashkil etishga harakat qilishgan. Leon uch marta rozilik bergan, ammo yakunda birorta ham jang o‘tkazilmagan.

Biz ko‘plab odamlar bilan gaplashib, ko‘plab variantlarni tashkil qilishga harakat qildik. Bu biznesda imkoniyatlardan foydalanish kerak. Shuni aytmoqchiman-ki, Leon Edvardsning bu borada uchta raqibi bor edi. Leon Edvards hech qachon hech kimga yo‘q demagan. “UFC 300” uchun biz unga uchta raqib taklif qildik. U har kim bilan kurashishga tayyor edi. Leon, rahmat, sen hurmatga loyiqsan. Bu yigit xech narsaga parvo qilmaydi. U qiyinchilikka tayyor. U har kim bilan kurashishga tayyor. Men uni yaxshi ko‘raman va uni juda hurmat qilaman”,-dedi Uayt “UFC 298” turniridan keyingi matbuot anjumanida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!