
Dani Alves: Messi mendan o‘tib ketishini istamayman
Meksikaning “Pumas” klubi himoyachisi Dani Alves futbolchilik faoliyatini yakunlamoqchi emas.
“Men kelajak haqida o‘ylashni yoqtirmayman, chunki buni oldindan aytib bo‘lmaydi. Keyinchalik nima bo‘lishini bilmayman. Kareramni yakunlash borasida ham o‘ylaganim yo‘q. Agar Messi sovrinlar bo‘yicha mendan o‘zib ketishga harakat qilsa, men 50 yoshgacha o‘ynayman”, dedi 39 yoshli Alves.
Ma’lumot o‘rnida, Alvesda 46 ta, Messida 41 ta jamoaviy sovrin bor.
Fikrlar