Dani Alves uchun APLning 3 ta grandi da’vogarlik qilmoqda

  • 15.07.2019 14:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Braziliyalik mashhur himoyachi Dani Alves uchun APLning 3 ta grand klubi kurash boshladi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 36 yoshli futbolchini "Manchester Siti", "Tottenxem" va "Arsenal" klublari o‘z safida ko‘rishni xohlashmoqda.

M’lumot uchun, PSJ bilan shartnomasi yakunlangan Alves ayni damda erkin agent hisoblanadi va shu bois u yangi jamoasiga tekinga borib qo‘shilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Alves yaqindagina Braziliya terma jamoasi safida Amerika kubogini qo‘lga kiritdi va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!