Dani Alves va boshqa futbolchilarga "San Paulu" - "Fortaleza" bahsida yovvoyi arilar hujum qildi

  • 7 oktabr, 2019, 17:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"San Paulu" va "Fortaleza" o‘rtasida kechgan uchrashuv yakuniga etmay to‘xtatildi. Bunga sabab, futbolchilarga yovvoyi arilar hujum qildi.

Tecno

Hashoratlar burchak zarbasi ijro etiladigan joydagi bayroqlarning biriga joylashib olishgan edi. Futbolchilar bu haqida bosh hakamga murojaat etishdi va uchrashuv to‘xtatib qo‘yildi.

Arilarning hujumidan jabr ko‘rganlar orasida Dani Alves ham bor edi.

Bellashuvni davom ettirish maqsadida "Fortaleza" futbolchilaridan biri yuzini libosi bilan berkitib, burchak bayrog‘ini tashqariga olib chiqib tashladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!