
Dani Alves Xavi haqida fikr bildirdi
"Barselona"ning qariya futbolchisi Dani Alves bosh murabbiy Xavi haqida gapirib o‘tdi. Himoyachi uni kuchli mutaxassis, deb hisoblaydi.
"Men Xavining futboli borasida soatlab gapirishim mumkin. Qisqa qilib aytadigan bo‘lsam, uning qarashlari, taktik sxemalari va klubda olib borayotgan islohotlari Gvardiolaning printsiplari bilan deyarli bir xil.
Biroq, menimcha, Xaviga Pepdan ko‘ra qiyinroq bo‘ladi. Chunki u jamoani juda og‘ir holatda qabul qilib oldi.
Shunga qaramay, men uni "Barsa" tarixidagi eng kuchli uchinchi murabbiy bo‘lishiga ishonaman. Birinchisi Kroyf, ikkinchisi Pep va keyingisi Xavi bo‘la oladi, deb o‘ylayman.
"Barselona" - bu chiroyli futbol demak. Biz u va uning qarorlarini to‘laligicha qo‘llab-qo‘vvatlaymiz".
Eslatib o‘tamiz, "ko‘k-anor ranglilar" ayni paytda La Liga turnir jadvalida 32 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar