Dani Alves: Yuragimning bir qismi Ispaniyada abadiy qoladi

  • 5 avgust, 2021, 22:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik afsonaviy himoyachi Dani Alves Olimpiada finalida Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘ynindan oldin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“Men Ispaniya terma jamoasini yaxshi bilaman, bu menga ma’lum ustunlikni beradi. Finalda bu jamoaga qarshi o‘ynash yoqimli. Men bu mamlakatni juda yaxshi ko‘raman, u menga ko‘p narsani berdi va yuragimning bir qismi u erda abadiy qoladi.

Bu kun hammamiz uchun tarixiy kun bo‘ladi. Biz bu lahzadan zavqlanishimiz kerak, chunki Olimpiada finalida o‘ynash imkoniyati juda kam uchraydi”, - dedi himoyachi Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Dani Alves La Ligada "Sevilya" va "Barselona" klublarida uzoq yillar to‘p surgan.

Braziliya va Ispaniya olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 7 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!