
Dani Alvesh Braziliya safida mundialga boradimi?
Meksikaning “Pumas” klui o‘ng qanot himoyachisi Dani Alvesning jahon chempionatiga borish imkoniyati nihoyatda past.
39 yoshli tajribali futbolchi yozda terma jamoadagi o‘z o‘rnini mustahkamlash uchun "Barselona"ni tark etib, "Pumas" safiga o‘tdi, biroq braziliyalik murabbiylar shtabi Danini Jahon chempionati uchun ro‘yxatga kiritishni rejalashtirmayapti.
Dani Alves joriy mavsum "Pumas" tarkibida 12 ta uchrashuvda qatnashib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining Meksika klubi bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi. Eslatib o‘tamiz, Qatardagi turnir noyabrdan dekabrgacha davom etadi.
Fikrlar