Dani Alvesning taqdimot marosimiga 40 ming ishqiboz tashrif buyurdi

  • 07.08.2019 13:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Braziliyaning “San-Paulu” klubi o‘zining yangi a’zosi – Dani Alvesni rasman ommaga tanishtirdi.

E’tiborlisi, 36 yoshli futbolchining taqdimot marosimiga 40 ming nafarga yaqin muxlis tashrif buyurdi.

Eslatib o‘tamiz, Alvesning so‘nggi jamoasi PSJ klubi bo‘lgan edi. U “San-Paulu”ga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi va 2022 yilning dekabrigacha shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!