Daniel Korme: "Aleks Perreyra Magomed Ankalaevga qarshi jangga jiddiy qaramayapti"

  • 19 fevral, 13:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Daniel Korme yarim og‘ir vazn toifasidagi amaldagi chempion Aleks Perreyrani tanqid qildi.

Tecno

“Perreyra hozir  Avstraliyada. U erda nima qilyapti, hayronman. Ikki haftadan so‘ng Aleks Magomed Ankalaevga qarshi jang qiladi! Rossiyalik allaqachon Las-Vegasda, u bilan o‘tgan hafta  uchrashdim. Rostini aytsam, uning diqqati joyida, g‘alaba qozonishga tayyor. Men Avstraliyadan qaytganimda, bir hafta bu erga moslashishim qiyin bo‘ldi. Ehtimol, braziliyalikda bu bo‘yicha muammo bo‘lmas, biroq jangga jiddiyroq qarash lozim" - dedi Korme "ESPN" telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Perreyra va Ankalaev jangi 9 mart kuni Las-Vegasda, "UFC 313" turnirida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!