Daniel Roman Murodjon Ahmadaliev bilan jangdan qochmaganligini bildirdi

  • 9 oktabr, 2019, 12:19
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional bokschimiz Murodjon Ahmadaliev (7-0, 6 KO) 2019 yil so‘ngiga qadar bir yo‘la ikkita jahon chempionlik kamari uchun ringga chiqishi mumkin. Mazkur vaznning WBA va IBF yo‘nalishlari chempioni Daniel Roman (27-2-1, 10 KO) tez orada jarohatidan forig‘ bo‘lib mashg‘ulotlarga kirishishi ma’lum qilingan. Unga ko‘ra, Roman jangdan qochish bahonasida bu jarohatni o‘ylab topmagan. Danielning promouterlari 2019 yilning oxiriga qadar mazkur jangni tashkillashtirishlariga ishonmoqda.

Tecno

Eslatib o‘tamiz: WBA Daniel Romanga Murodjon Ahmadalievga qarshi jahon chempionlik kamarining majburiy himoyasi bo‘yicha shart qo‘ygandi. Jang o‘tkazish borasidagi kurashda “Mir boksa” g‘olib chiqqan va jang 13 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi lozim edi. Ammo to‘qnashuvga 10 kun qolganida Roman o‘ng elkasidan jarohat olganini aytib jangga chiqa olmasligini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!