
Daniil Medvedev finalga chiqdi
Rossiyalik tennischi Daniil Medvedev Nyu-York shahrida o‘tayotgan Amerika ochiq chempionatining ilk finalchisiga aylandi.
Daniil musobaqaning yarim final bahsida bolgariyalik Grigor Dimitrovni 7:6, 6:4, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi rus tennischisi bosh sovrin uchun kechadigan bahsdagi ispaniyalik Rafael Nadal hamda italiyalik Matteo Berrettini o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibi bilan raqobatlashadi.
Fikrlar