
Daniil Medvedev Shanxayda millionerga aylandi
Xitoyning Shanxay shahrida "Masters" turkumiga kiruvchi musobaqada rossiyalik tennischi Daniil Medvedev bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Daniil turnirning so‘nggi hal qiluvchi uchrashuvida germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqdi va raqibini 6:4, 6:1 hisobida taslim etdi.
Shu tariqa Daniil Medvedev bosh sovrin bilan birga 1.374.995 AQSh dollar pul mukofoti hamda 1000 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar