
Dastin Pore Xolloueyni mag‘lub etib UFC vaqtinchalik chempioniga aylandi
AQShning Atlanta shtatida UFC 236 turnir bo‘lib o‘tgani haqida avvalroq xabar bergandik.
Turnirning kecha bahsida Dastin Pore Maks Xolloueyni mag‘lub etib, promoushen engil vazn vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Aytib o‘tish joizki, hakamlar qaroriga ko‘ra, Pore 49-46 hisobi bilan g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, Pore MMAdagi faoliyati davomida 25 uchrashuvda g‘alaba qozonib, 5 marta imkoniyatni boy bergan. Xollouey esa 24-4 ko‘rsatkichiga ega.
Ta’kidlash joizki, Dastin Pore engil vazn chempioni Xabib Nurmagomedovga qarshi joriy yilning sentyabr oyida oktagonga ko‘tarilishi mumkin.
Fikrlar