David Luis 100 kunlik tanaffusdan so‘ng yana "Chelsi"ning asosiy tarkibida maydonga tushdi

  • 6 fevral, 2018, 11:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi himoyachisi David Luis kecha premer-liganing 26-turida “Uotford”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, 30 yoshli braziliyalik futbolchi so‘nggi marta 28 oktyabrda “Bornmut”ga (1:0) qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushgan edi. Shundan so‘ng “aristokratlar” bosh murabbiyi Antonio Konte bilan yuz bergan kichik ziddiyat sabab Luis zahira o‘rindig‘ida qoldirilayotgan edi.

Ma’lumot uchun, tajribali himoyachi joriy mavsum APLning jami 10ta uchrashuvida maydonga tushgan va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!