David Luis tizzasi operatsiya qilinmasligiga umid qilmoqda
Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi David Luis uch oydan buyon, aniqrog‘i "Manchester Siti"ga qarshi bahsda Serxio Aguero bilan bo‘lgan to‘qnashuvdan keyin tizzasida og‘riq his qilib kelmoqda.
"Terma jamoa uchrashuvlari uchun ajratilgan vaqt mening tizzamga dam olish imkoniyatini beradi. Bu men uchun juda foydali. Men tizzamda hech kim his qilmagan og‘riqni sezyapman. Umid qilamanki yozda operatsiyaga muhtoj bo‘lmayman. Ammo, men ozroq bo‘lsada dam olishimdan hursandman. Bu nafaqat tizzam uchun, balki butun organizmim uchun foydali", - deydi braziliyalik futbolchi the Evening Standard nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, David Luis joriy mavsum "Chelsi" safida premer-liganing 24ta uchrashuvida asosiy tarkibida maydonga tushgan.



Fikrlar