David Luiz Superliga debyutanti bilan 2 yillik shartnoma imzoladi

  • 16 iyul, 2021, 22:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal”, “Chelsi” va PSJ klublarining sobiq himoyachisi David Luiz faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

Mavsum debyutanti hisoblangan “Adana Demirspor” klubi 34 yoshli braziliyalik futbolchi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda Fanatik.com.tr sayti xabar tarqatmoqda.

Bundan avvalroq “Adana Demirspor” klubi italiyalik mashhur hujumchi Mario Balotelli bilan 3 yillik shartnoma imzolagan edi.

David Luiz o‘tgan mavsum APLda jami 20 ta o‘yinda maydonga tushgan va 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!