
David Silva A Seriya klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi
“Latsio” klubi ispaniyalik yarim himoyachi David Silva bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning tvitter sahifasida ma’lum qilinishicha, 34 yoshli futbolchi rimliklar bilan 3 yillik shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Yillik maoshi esa 3 mln evroni tashkil etadi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv yaqin kunlarda imzolanishi kutilmoqda.
David Silva 10 yillik faoliyatidan so‘ng, “Manchester Siti”ni tark etdi. U ayni damda erkin agent hisoblanadi.
Fikrlar