
David Vilya: "Yamal bir kuni albatta “Oltin to‘p” oladi"
Ispaniya va "Barselona"ning sobiq hujumchisi David Vilya Lamin Yamalning iqtidori va uning kelajakda "Oltin to‘p"ga da’vogar bo‘lishi haqida fikr bildirdi:
— Lamin Jahon chempioni bo‘lgan Ispaniya terma jamoasida o‘ynay olganmi?
— Ha, menimcha, u erda o‘ynay olgan bo‘lardi. Uning iste’dodi katta. Lekin davrlarni taqqoslash doimo to‘g‘ri echim emas. Kimdir aytadi: "U o‘ynaydi", boshqasi — "Yo‘q, o‘ynay olmaydi". Yaqinda Pike "bizning davrimizda unga debyut berishmasdi", degan fikrni aytdi. Bu kabi bahslarni to‘liq tahlil qilish qiyin. Bir narsa aniq — Yamalda shunday iste’dod borki, u har qanday davrda va jamoada o‘ynay olardi.
— Yamal va “Oltin to‘p” haqidachi?
— Ko‘ramiz. Menimcha, u bu mukofotga loyiq. Mavsumning oxiri oldinda. Shuni aytamanki, men hech qachon bu sovringa jiddiy ishonmaganman. Bir kuni u uni albatta qo‘lga kiritadi, — deya qo‘shimcha qilib o‘z so‘zlarini yakunlandi ispaniyalik sobiq hujumchi.
Fikrlar