Davide Anchelotti: "Alonso uchun "Real"dan ketish katta muammo bo‘lmaydi"
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o‘g‘li va italyalik mutaxassis Davide Anchelotti "Real" bosh murabbiyi lavozimidan Xabi Alonso ketganiga munosabat bildirdi.
"Murabbiylar tez-tez almashtirib turiladi. Alonso — yosh murabbiy, uning oldida hali uzoq kar'era turibdi. Menimcha, “Real”dan ketishi unga katta ta'sir qilmaydi. Bu bizning kasbimizning bir qismi. Bunga ko‘nikish kerak", — dedi Anchelotti. Uning so‘zlarini "Managing Madrid" keltirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Alonso yanvar oyi o‘rtalarida "qirollik klubi" bosh murabbiyi lavozimini tark etgan edi. Hozirda madridliklar jamoasini Alvaro Arbeloa boshqarmoqda.

Fikrlar