
Davide Anchelotti Vinisius haqida: "U — maydonda jangchi, hayotda esa mehribon inson"
"Real" klubining sobiq murabbiy yordamchisi Davide Anchelotti Vinisius Junior haqida iliq fikrlar bildirdi va uni Maykl Jordan hamda boshqa sportdagi buyuk yulduzlar bilan taqqosladi:
"Vinisius bizga g‘alabalar olib kelgan. U ikki marta Chempionlar Ligasi finalida gol urdi. Jamoaga ko‘p bor yordam berdi. Bu so‘zlarni to‘rt yil davomida u bilan ishlagan, uni yaxshi biladigan inson sifatida aytayapman. Biz juda ko‘p vaqtni birga o‘tkazganmiz.
Yuqori darajadagi futbolchilarga musobaqalar davomida ba’zan qarshilik, tanqid yoki hatto to‘qnashuv kerak bo‘ladi. Bu barcha buyuklarga xos. Kimdir buni Maradona yoki Messi kabi xotirjamlik bilan qabul qiladi. Boshqalar esa Krishtianu Ronaldu yoki Maykl Jordan singari ochiq-oydin kurashga kiradi.
Lekin bitta narsani aniq ayta olaman: Vinisius maydondagi inson emas — hayotda u mutlaqo boshqacha. U mehribon va ezgu qalb sohibi" — dedi Anchelotti.
Fikrlar