Davlat Bobonov bronza medali uchun bahsda imkoniyatni boy berdi

Gruziya poytaxtida dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasi o‘z poyoniga etib bormoqda. Biroz avval -90 kilogarmm vazn toifasida datslabki bronza medali uchun bahs yakunlandi.

Unda ishtirok etgan yurtdoshimiz Davlat Bobonov mo‘g‘ulistonlik Altanbagana Gantulgaga qarshi bahs olib borib, imkoniyatni boy berdi. Aynan ushbu mo‘g‘ulistonlik dzyudochi ikkinchi davrada boshqa bir vakilimiz Yahyo Imomovni musobaqadan chiqarib yuborgan edi. 

Bobonov garchi bu musobaqada medal ololmagan bo‘lsa-da, Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun qimmatli reyting ochkosiga ham ega bo‘lmoqda. Yana birozdan so‘ng -100 kilogramm vazn toifasida Muhammadkarim Xurramov ham bronza medali uchun kurashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!