Davron Fayziev, Xayrulla Hamidov, Sardor Rashidov, Ikrom Aliboev, Otabek Shukurov va boshqalar Odil Ahmedov haqida

  • 19 dekabr, 2021, 18:38
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuni kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq sardori Odil Ahmedov hayotiga bag‘ishlangan "Orzuning shonli yo‘li" nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

IMG_3247

Marosimning asosiy voqeligi Ahmedov butsalarini mixga ilganini aytgani bo‘ldi.

O‘FA Prezidenti Abdusalom Azizov Odil Ahmedovning mamlakatimiz futboliga qo‘shgan ulkan hissasini e’tirof etdi va unga minnatdorchilik bildirdi. Ahmedov bosib o‘tgan yorqin yo‘l o‘sib kelayotgan yosh futbolchilar uchun namuna ekanligini ta’kidlab, unga oltin butsa topshirdi.

IMG_3357

Ahmedovning futbol bilan xayrlashishini e’lon qilgan marosimda so‘zga chiqqan "Paxtakor" futbol klubi raisi o‘rinbosari Dilshod Karimov futbolchi va "Paxtakor" ko‘p jihatlarda o‘zaro bog‘liq ekani, Ahmedovning faoliyati klub tizimidagi yoshlarga namuna bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi. Uning sadoqatli futbolchi bo‘lgani ko‘pchilikka o‘rnak ekanini aytdi. "Paxtakor"dagi faoliyatini qadrlash misolida unga jamoaning 25-raqamli libosini umrbod biriktirgan holda taqdim etildi.

IMG_3407

O‘z navbatida futbolimiz jamoatchiligi va futbolchilar ijtimoiy tarmoqlarda Odil Ahmedov haqida fikr bildirdi.

Davron Fayziev: U jangchi edi, jonkuyar, irodali va saviyali futbolchi edi. Uning o‘yinlarini sharhlash yoqimli edi.

O‘zbekiston terma jamoasida eng uzoq muddat sardorlik qilgan afsonaviy Odil Ahmedov futbolchilik faoliyatini tugatdi. Hammasi uchun rahmat.

IMG_3320

Xayrulla Hamidov: Kiroyi futbolchi bo‘lsang, shunday bo‘l-da - sening futbol bilan xayrlashuving hamma kanalda ko‘rsatilsin.

Ikrom Aliboev: Hammasi uchun rahmat legenda. Siz o‘zbek futboli uchun ko‘p narsa berdingiz va o‘ylaymanki, keyingi faoliyatingizdayam buni davom ettirasiz.

9F2A4540

Sardor Rashidov: Barchasi uchun rahmat sardor!

IMG_7693

Aziz G‘aniev: Hammasi uchun rahmat akajon.

9F2A4544

Rustam Ashurmatov: Akam hammasi uchun rahmat. Alloh umringizni uzoq qilsan. Sizning o‘yinlaringizni sog‘inamiz.

Akram Komilov: Hammasi uchun rahat aka. Siz bilan faxrlanamiz.

Azizbek Turg‘unboev: Hammasi uchun rahmat legenda.

Odil Hamrobekov: Barchaga numuna bo‘lganingiz uchun rahmat

IMG_9578

Otabek Shukurov: Barchasi uchun rahmat sardor.

IMG_8519

Dostonbek Hamdamov: Rahmat legenda.

9F2A4708

Doston Tursunov: Akam, do‘stim rahmat hammasi uchun.

9F2A4546

Javohir Sidiqov: Hammasi uchun rahmat.

Sanjar Qodirqulov: Haqiqiy sardor. Bundan keyin ham omad.

“Paxtakor” klubi matbuot xizmati: "Paxtakor" safida ikki karra O‘zbekiston chempioniga aylangan, ikki marta O‘zbekiston Kubogi sohibi, MDH Chempionlari Kubogida zafar quchgan Odil Ahmedov futbolchilik faoliyatini yakunladi. Unga "Paxtakor"dagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz. Barchasi uchun rahmat, Odil!

Ma’lumot uchun, Odil Ahmedov 2007 yilda milliy terma jamoa safida debyut qilgan. O‘shandan beri 108 ta o‘yin o‘tkazdi va 21 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 4 ta jahon chempionati saralashida qatnashdi, 3 bor Osiyo kubogida ishtirok etdi va “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

9861573304087

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!