Davron Fayziev: Ayni paytda mening o‘rnimda bo‘lishni hech kim xohlamasa kerak
AGMK - «Dinamo» (3:1) uchrashuvidan keyin Davron Fayziev o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda "Dinamo" klubi matbuot xizmati xabar berdi.
- Bugun jadvalda yonma-yon turgan ikki jamoa o‘rtasidagi bahs guvohiga aylandik. Biz yana o‘z xatolarmiz tufayli jazolandik. Bugun qarshi hujumlar qurboniga aylandik desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Masalan, yarimta vaziyatlardan foydalana oladigan Grigalashviliga o‘xshagan futbolchi bizning jamoada yo‘q.
Ikkinchi davrani ketma-ket oltita mag‘lubiyat bilan boshladik. Ayni paytda mening o‘rnimda bo‘lishni hech kim xohlamasa kerak. Qiyin vaziyatdan chiqishga harakat qilamiz.
Ikkinchi bo‘limda ustunlik qildik? Sen urmasang senga urishadi, bu futbolning qoidasi. AGMKni haqqoniy g‘alaba bilan tabriklayman.
AGMKning qarshi hujumlaridan ehtiyot bo‘lishimiz kerakligini aytgandim. Birinchi gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin yigitlar futbol o‘ynashni boshlashdi. Birinchi taymning o‘zida biz mezbonlardan ko‘proq hujum tashkil qildik, ikkinchi taymda ham biz hujumga o‘tdik, ammo golni AGMK urdi, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar