Davron Fayziev: Birinchi gol kiritilgan vaziyatda ofsayd bordek tuyuldi

  • 18.08.2019 23:23
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliga 17-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Dinamo” (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Davron FAYZIEV o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda "Qizilqum" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

- Nima deyishgayam hayronman... Biz Navoiyga g‘alaba ishtiyoqida kelgandik. Bu mag‘lubiyatlar ko‘proq jamoani ruhan sindirib qo‘yadi. “Qizilqum”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ular o‘yinni hujumkorlik ruhida davom ettirishdi. Biz qarshi hujumlardan unumli foydalanishni rejalashtirgandik. Afsuski, bu niyatimiz amalga oshmadi. Bu kabi holatdan chiqib ketishimiz kerak. Yigitlarni keyingi bahsga tayyorlashga harakat qilamiz. “Qora chiziq” har doim ham davom etishi kerak emas... Birinchi gol kiritilgan vaziyatda ofsayd bordek tuyuldi. Ammo bu bahona emas. Birinchi bo‘limda ham xuddi ikkinchi taymdagi singari harakat qilishimiz lozim edi. Ikkinchi davrada g‘alaba qozonmadik? Ha, Superligadagi hamma jamoa bir ochko bo‘lsada, qo‘lga kiritdi. Biz esa yo‘q. Albatta hammasi o‘zimizga bog‘liq. Yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmayotganligimiz bizga qimmatga tushayapti, - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!