Davron Fayziev "el-klasiko" darajasi va jamoalar o‘rtasidagi farq haqida fikr bildirdi

  • 12 yanvar, 2022, 16:30
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasida "Real" va "Barselona" o‘zaro bahs olib boradi. Mazkur qarama-qarshilik oldidan mashhur sharhlovchi Davron Fayziev o‘z fikrlari bilar o‘rtoqlashdi:

Tecno

"Yoki avvalgi "el-klassiko"lar judayam olovli edi yo hozir haddan tashqari tinch. Turnir darajasimikan, ya’ni, La Liga emas Superkubok. Qaralmasdi shekili turnir-purniriga? Xavi ham kecha intervyusida "Real" Ispaniyada hozir kuchlidir, biz baribir ularga muammo tug‘dira olamiz debdi. "Barselona" shunchaki muammo tug‘dira oladi. Nima? Demak hozir jamoalarning holatida farq rostdan ham kattalashgan. Asosiy sabab shu.

Ikki tomon ham vaziyatni tushunib turibdi. Shunday bo‘lsa-da, bir o‘yinda har narsa ro‘y berishi mumkin. To‘g‘ri yondashuv, kerakli taktika, iroda, intilish va jamoaviy o‘yin yo‘lga qo‘yilsa, formadagi farq yo‘qqa chiqadi. Shunda keskin "klassiko" yuzaga keladi. Boshqachasi kerakmas. Hullas do‘stlar, bugun o‘sha kun. Uchrashuv 00:00 da boshlanadi. Ko‘rsatiladimi, degan savollar ko‘p bo‘lmoqda. Yo‘q, afsuski, ko‘rsatilmaydi. O‘zbekiston hududida mavjud telekanallar Ispaniya Superkubogi translyatsiyasi huquqiga ega emas. Tafsilotlarni yozib borishni reja qilganman".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!