
Davron Fayziev: Futbol muxlislar uchun!
Afrika Millatlar kubogi yarim final bosqichi doirasida Senegal Burkina-Faso ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, hal qiluvchi bahsda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Mashhur sharhlovchi Davron Fayziev ushbu o‘yinga doir qiziqarli ma’lumot haqida yozdi:
"Kecha Afrika kubogi yarim finalida Senegal 3:1 hisobida Burkina-Faso ustidan g‘alaba qozonib finalga chiqdi. Senegal lideri Sadio Mane gol urdi, turnirda uchinchisi. Yana ikkita assist bor. Kubokni yutadimi bilmadimu, lekin Mane chempionatning bosh qahramoni bo‘lishi mumkin.
U Kamerunga yarim final o‘yiniga kelishi uchun 50 nafar muxlisning sarf-harajatlarini to‘lab bergan. Finalda esa yanada ko‘proq muxlisni taklif etmoqchi. Ajoyib. Futbol muxlislar uchun va Sadio ularning kamida elliktasiga unutilmas bayram taqdim etdi. Mane chempion!
Bugun ikkinchi yarim finalda mezbon Kamerun va Misr o‘zaro o‘ynaydi. Agar Keyrush boshchiligidagi Misr g‘olib chiqsa, Liverpul hujumchilari Salah va Mane finalda bir-biriga qarshi chiqadi".
Fikrlar