
Davron Fayziev orzular terma jamoasini e’lon qildi yoxud sharhlovchi France Football nashrining orzular jamoasiga o‘zgartirish kiritdi
Dunyoga mashhur France Football nashri barcha davrlarning eng yaxshilarini aniqlamoqda. Shuningdek, nashr orzular terma jamoasini ham tuzib chiqdi. Bunda ular 3 xil tarkibni e’lon qildi. Bunga taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida o‘z fikrlarini bildirdi. Qolaversa, u ham o‘z orzular jamoasini tuzib chiqdi.
- France Football nashri barcha davrlar terma jamoalarini e’lon qildi. Uchta tarkib, albatta, birinchi tarkib asosiy ekanligini hamma tushunib turibdi. Shuning uchun ham unga kimni qo‘shish va olib tashlash bo‘yicha bahslar bo‘lmoqda. Men ham tarkibni sal o‘zgartirib ko‘rdim. Ba’zi afsonalar pozitsiyasida emas, biroq ularni bir takibga kiritish muammo. Ideal tarkibning o‘zi yo‘q.
France Football barcha davrlarning orzular terma jamoalarini e’lon qildi. U uchta tarkibdan iborat. Siz qay birini tanlaysiz? (Foto)
Yuqoridagi suratda France Football varianti, quyida esa mening variantim:
Darvozabon: Yashin
Himoyachilar: Puyol, Maldini, Ramos
Yarim himoyachilar: Ronaldu, Kruiff, Zidan, Messi
Hujumchilar: Pele, Van Basten, Maradona
Fikrlar