
Davron Fayziev: "Santyago Bernabeu"dagi o‘zbek
Bugun Evropa Chempionlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan "Real" - "Sherif" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Mehmonlar safida hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev harakat qiladi.
Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida ushbu bellashuv oldidan quydagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
- "Santyago Bernabeu"dagi o‘zbek. Bugun biz uchun yana bir e’tiborli voqea ro‘y beradi. Jasur Yaxshiboev va uning "Sherif" jamoasi Chempionlar ligasi doriasida "Real" Madrid bilan o‘ynaydi. "Santyago Bernabeu"da. Bosh murabbiy Yuriy Vernidub uni asosiy tarkibda tushirishini kutamiz. Yaxshiboev esa xotirjamlikni yo‘qotmagan holda o‘zini ko‘rsatishi, kamida Anchelottining e’tiborini tortishi kerak. “35 million xalqimiz, hamma sendan gollar kutadi”, degan xayajonli gaplar bilan uning elkasiga qo‘shimcha yuk osib qo‘ymaymiz. Jasurbek, bu ham bir o‘yin, sen esa maydonda o‘z ishingni bilasan. Bos! - dedi Davron Fayziev.
Fikrlar