Davron Hoshimov qancha tanaffusdan keyin terma jamoaga chaqiruv oldi?

  • 4 noyabr, 2021, 14:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Srechko Katanets boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi 15 noyabr kuni Gruziyaga qarshi halqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Sloveniyalik mutaxassis mazkur yig‘inda ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Tecno

E’tiborli jihati, 28 yoshli "Navbahor" himoyachisi Davron Hoshimov qariyib 2 yarim yillik tanaffusdan so‘ng yana termaga chaqiruv oldi. Futbolchi so‘nggi bor "JCh-2022" saralash bosqichidan o‘rin olgan Falastinga qarshi o‘yinda maydonga tushgan edi. 

Ma’lumot uchun, Hoshimov 2013 yil Mirjalol Qosimov qo‘l ostida termada debyut qilgan edi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!