De Bruyne: “Biz Angliya va Germaniyaga qarshi yaxshi o‘ynadik, ammo Evroda hammasi boshqacha”

  • 17 iyun, 2024, 15:56
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kevin De Bruynening fikricha, Belgiya terma jamoasi "Evro-2024"da muvaffaqiyat qozonishga qodir.

“Yanvar oyida jarohatdan tuzalgach, hammasi yaxshi o‘tdi, men ko‘p o‘yinlarni yaxshi darajada o‘tkazdim. Hozir o‘zimni a’lo his qilyapman va Belgiyaga ushbu turnirda muvaffaqiyat qozonishda yordam beraman degan umiddaman.

Bu turnirda katta muvaffaqiyatlarga erishish uchun jamoa tayyor va katta kuch borligini his qilyapman. Jahon chempionatidan keyin jamoa o‘zgardi, ko‘plab yangi futbolchilar qo‘shildi. Biz Angliya va Germaniyaga qarshi yaxshi o‘ynadik, ammo Evroda hammasi boshqacha”, - deydi belgiyalik yarim himoyachi.

Bugun 1-tur uchrashuvida belgiyaliklar Slovakiya bilan bahs olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!