De Bryüne jahon chempionatida Belgiya rekordchisiga aylandi
Jahon chempionatining guruh bosqichi uchinchi turidan o‘rin olgan bahsda Belgiya terma jamoasi Yangi Zelandiya futbolchilariga qarshi maydonga tushdi.
Ushbu uchrashuvda evropaliklar yirik hisobda g‘alaba qozonishdi – 5:1.
Belgiya tarkibidagi gollardan biri jamoa yarim himoyachisi Kevin de Bryune hisobiga yozildi. 34 yoshli futbolchi shu tariqa jahon chempionatlari tarixida Belgiya terma jamoasi uchun gol urgan eng katta yoshdagi o‘yinchiga aylandi. Ilgarigi rekord 1990 yildagi jahon chempionatida 33 yoshida gol urgan Ley Kleystersga tegishli edi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Belgiya terma jamoasi besh ochko to‘plab, o‘z guruhida birinchi o‘rinni egalladi. Rudi Garsiya shogirdlari shu natija orqali jahon chempionatining pley-off bosqichiga yo‘l olishdi.

Fikrlar