De Bryüne Millatlar ligasidagi dublidan so‘ng fikr bildirdi
Milliy terma jamoalar oʻrtasidagi Millatlar ligasi guruh bosqichi doirasida Belgiya oʻz maydonida Turkiya termasini yirik hisobda magʻlub etdi. Belgiyaliklar raqib darvozasini uch bor ishgʻol etishdi, oʻz hisobiga dubly yozdirgan Kevin de Bryone uchrashuvdan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
«Hammasi juda yaxshi oʻtdi. Menga jamoamiz koʻrsatayotgan oʻyin uslubi yoqyapti, oʻyindan zavq olyapman. Millatlar ligasi yangi mavsumini muvaffaqiyatli boshladik, shu ruhda davom etishga harakat qilamiz. Yosh futbolchilarimiz uchun namuna boʻlishni istayman, jamoaga hali ancha foydam tegishi mumkin», – deya de Bryonening soʻzlarini UEFA matbuot xizmati keltiradi.
Uchinchi tur yakuniga koʻra, Belgiya terma jamoasi olti ochko jamgʻarib, guruh jadvalida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. Keyingi bahsni «qizil shaytonlar» 5 oktyabr kuni safarda Fransiyaga qarshi oʻtkazishadi.

Fikrlar