De Bryuynening rekordi Myuller tomonidan yo‘q qilindi

  • 28 iyun, 2020, 10:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller kecha Bundesliganing so‘nggi turida "Volfsburg"ga (4:0) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda jamoasining gollaridan biriga assistentlik qildi.

Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra, germaniyalik futbolchi shu tariqa joriy mavsum chempionatda amalga oshirgan golli uzatmalari sonini 21 taga etkazib oldi va rekord o‘rnatdi.

Myuller bu borada Kevin De Bryuyne tomonidan o‘rnatilgan Bundesliga rekordini yangiladi.

Tomas joriy mavsum “Bavariya” safida jami 45 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 ta gol hamda 25 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!