
De la Fuente: "Yamal nima qilayotganini yaxshi biladi"
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Lamin Yamalni himoya qilish kerakligini ta’kidlamoqda.
- Albatta, biz uni asrashimiz lozim. Hammamiz uning noyob o‘yinchi ekanligini ko‘rib turibmiz, ammo hamma narsaga vaqt kerak. U buni juda yaxshi tushunadi, diqqatini jamlagan va menimcha, yoshiga nisbatan ancha etuk. U nima qilayotganini biladi.
Eshitishimcha, Laminda gollar etishmayotgan emish. Men ba’zi odamlar go‘yo Marsda yashayotgandek deb o‘ylab qolaman, - dedi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, 17 yoshli iqtidor egasi Yamal yakuniga etgan mavsum barcha musobaqalarda 55 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 25 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar