
De Ligtga "Barselona"dan qiziqish bildirilmoqda!
Myunxenning “Bavariya” klubi himoyachisi Matteys de Ligt qishki transferlar oynasida klubi ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin. "Todofichajes" nashri so‘zlariga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchining Ispaniya chempionatida ishlash imkoniyati bor.
Manbaning xabar berishicha, Kataloniyaning "Barselona" klubi 24 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. “Ko‘k-anorranglilar” Matteysning to‘liq transferini rasmiylashtira olmaydi va shuning uchun futbolchini ijaraga olishga harakat qiladi. Himoyachining transfer qiymati 75 million evroga baholanmoqda.
De Ligt o‘tgan yozda Turinning "Yuventus" klubidan "Bavariya"ga o‘tgan edi. Matteysning Myunxen klubi bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Fikrlar