
De Xea faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkin
"Manchester Yunayted" bilan shartnomasini uzaytirmagan va erkin agentga aylangan David De Xea faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda "BILD" nashri xabar bermoqda.
Tez orada ispaniyalik posbon bilan "Bavariya" muzokaralarni boshlash niyatida. Myunxenliklar ikkinchi raqamli darvozabon qidirmoqda. Variantlar orasida "Valensiya" vakili Georgiy Mamardashvili ham bor.
Mish-mishlarga ko‘ra, De Xea "An-Nasr"dan taklif olgan, lekin uning o‘zi rad javobini bergan. Futbolchi Evropada qolishi mumkin.
Fikrlar