De Xea ketadi. MYu uning narxini e’lon qildi

  • 2 iyun, 2019, 18:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi darvozaboni David de Xea joriy yozgi transferlar davrida jamoani tark etadi.

Tecno

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” 28 yoshli ispaniyalik posbonni 85 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, de Xeaga hozirda PSJ klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Uning MYu bilan tuzgan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.

Bundan avvalroq “Manchester Yunayted” mavsumlar oralig‘ida “Milan” darvozaboni Janluiji Donnarummani sotib olishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!